TARJIMALAR - TRANSLATIONS

 

Olmon xalq og'zaki ijodidan namunalar.
Olmonchadan Shuhratxon Imyaminova tarjimasi

"Eshakning maslahati"

        Ikki ho'kiz kunlik ishdan so'ng molxonaga qaytib kelishibdi. U yerda ular mayin pichan yeb turga eshakni ko'ribdilar. U mamnun holatda dumlarini likillatibdi:
         - Salom, do'stm! - debdi ho'kizlardan biri. - Ahvollaring qalay?
        - Rahmat, juda yaxshi, - javob beribdi eshak.
        - Ha, sen juda baxtli eshaksan, men esa juda baxtsizman, - debdi ho'kiz.
        - Nima uchun? - so'rabdi eshak.
        - Kun bo'yi omoch tortaman, kechki payt esa xo'jayinning aravasini tortib kelaman. Jonimga ham tegib ketdi.
        - Unday bo'lsa o'zingni kasal qilib ko'rsat. Yerga yotib olgin-da, pishillab o'rningdan turma.
        Xo'jayin ayni shu paytda eshik orqasida hayvonlarning suhbatini tinglab turgan ekan. Ertasi kuni ho'kiz eshak aytganiday qilibdi. Xo'jayin molxonaga kirib ho'kizga qarabd-da, debdi:
        - Bechora ho'kizim kasal bo'lib qolibdi-ku. Nima ham qilar edim, bugun omochga eshakni qo'shsishga majburman.
        Eshak bechora kun bo'yi somon sudrabdi. Kechki payt quloqlarini osiltirib molxonaga kirib kelibdi. U yerda ho'kiz mayin pichanlarni kavshab yotgan ekan.
        - Rahmat, do'stim! - debdi ho'kiz eshakka. Endi men hayotimning oxirigacha o'zimni kasal qilib ko'rsataman.
        - Buni xayolingga ham keltirma! - baqiribdi eshak.
        - Nima uchun? - hayron bo'libdi ho'kiz.
        - Xo'jayin qo'shniga nima deganini eshitib qoldim. U sening kasalligingni va ertagacha oyoqqa turmasang, so'yib yuborishini aytdi.
        Eshakning so'zlarini eshitib, ho'kiz qo'rqib ketibdi. Kechasi bilan uxlay olmay chiqibdi va ertasi kuni ertalab odatdagidan ko'ra ertaroq ishga shay bo'lib turgan emish.