Ervin Shtrittmater
Olmonchadan Hafiza Qo'chqorova tarjimasi
"Kichik Kemalar"
Jo'mrakdan suv chakillab oqqani-oqqan. Men yugurib borib jo'mrakni burab qo'ydim. Agar yoshlarga: "Minnatdor bo'linglar, biz keksalar sizlarning yo'llaringizni yoritib turibmiz!" desak, ularga yoqmaydi. Menga ham yoqmaydi-da, bor-yo'g'i bir jo'mrakdan chakillab oqib turgan suv mening umrimning hisobini qilib tursa...
Ikki kundan beri qor uchqunlari savalab turibdi, oppoq qishdan darak bu, endi qor go'yoki havoni tinch, eng tinch qilur va sovuqlashtirur.
Atrofimdagi hamma narsa qordan shakl olgan. Dengiz bo'yidagi qamishning butog'i xuddi maktabdagi uzunroq bo'rning bir bo'lagiga o'xshab qolibdi, ingichka o'rmon yong'og'i shoxlari qarag'ay shoxidek yo'g'on bo'lib qolibdi.
Yarqirab turgan olam cheksiz hamda burchagi yo'q. Kundalik gazetalarda shunday rasmlar bor, xolos.
Qor-la qoplangan qarag'aylar oq qanddan tog' yasagan misoli...
Qish go'yo san'atkor... San'atning biroz xunukroq shaklimi yo bu?! |