TARJIMALAR - TRANSLATIONS

Ervin Shtrittmater
Olmonchadan Hafiza Qo'chqorova tarjimasi
"Kichik Kemalar"

        O'g'lim Metyus menga ikkita kema sovg'a qildi. Ular sariq, yaltiroq qog'ozlardan bo'lib, ularning muhim xislatlari bor edi. Bularni hech kim kemalar deb o'ylamas edi, g'ijimlangan qog'oz bo'lakchalari edi, xolos. O'zim ham ularning kema ekanligini o'g'limdan bildim.
         "Bunday sariq qog'ozlarni qayerdan olding? Javondanmi?"
        "Bular ikkita kemalar-ku!"
        O'sha kemalar javonda o'g'lim ulg'ayguniga qadar turdi, u ulga'aygach kemalarni biroz kattaroq qilib yasadi.
        Men har doim o'zimning birinchi she'rim haqida ko'p o'ylayman. Yozganlarim o'shanda she'r emas, balki bir to'plam qog'ozlar yig'indisi edi, shuning uchun bo'lsa kerak, ularni hech kim she'r deb o'ylamagan...