| KLUB HAQODA
|
|||
Adabiy tarjimalar klubi haqida.
Adabiy tarjimalar klubi O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbek Filologiyasi Fakulteti qoshida 2004 yilda tashkil etilgan. Klub o'z oldiga o'zbek adabiyotini xorijiy tillarga hamda jahon adabiyotini o'zbek tiliga tarjima qilishni maqsad qilib qo'ygan. Klubga ingliz, nemis, fransuz, turk, rus va boshqa tillardan, shu bilan birga adabiy adabiy asarlarni xorijiy tillarga tarjima qilish qobiliyatiga ega, adabiyotni jonu dildan sevuvchi, yangilikka intiluvchu o'qituvchi, talaba va yozuvchi-shoirlar a'zo bo'lishgan. Chet el adabiyotini o'zbek tiliga tarjimasi bilan ish boshlagan klub a'zolari endilikda o'zbek adabiyotining ko'zga ko'ringan vakillarini xorijiy tillarga o'girishni ham astoydil boshlab yuborgan. Jahon adaboyotida o'chmas iz qoldirgan Shekspir, Geyne, Gyote, Stivenson, Pol Ellyuar kabi klassiklar bilan bir qatorda, hozirgi zamon jahon adabiyotidan talaygina namunalar ham o'zbekchaga o'girildi. Nemis adabiyotidan Shiller, Ingrid Vuyertenberger, Bert Ellent, Helmut Hohrayn, Jon Vizer, Amerika adabiyotidan Doroti Parker, Jon Eshberi, Kristofer Merril, Pyotr Nazret, Ilya Kaminskiy, Meri Greyvit, ingliz adabiyotidan Shekspir, V. B Yets, Naypol, fransuz adabiyotidan Anna de Noailis, Jan Pelerin, Francis Karko, Pyer Reverdi, Rene Shar, Filip Supolt, Yangi Zelandiya shoirasi Vivyen Plamb, hind shoirlari Rajivan Tkachom Poyil va Tirumalesh, chililik Kurt Folch va yana ko'plab xalqlar shoir va yozuvchilari ijodidan namunalar o'zbek tiliga o'girildi. O'zbek tilidan esa XX asr boshlari adabiyoti, xususan, Cho'lpon va Usmon Nosirning sara she'rlari, hozirgi zamon o'zbek nasri va she'riyatidan 50 dan ortiq vakillarning asarlaridan namunalar ingliz va nemis tillariga o'girildi va ayrimlari kitob holiday nashr etildi. Klub o'z oldiga quyidagilarni asosiy vazifa qilib qo'ygan:
Adabiy asarlarni tanlash, muallif ruxsatini olish va jahon adabiyoti namunalarini o'zbek tiliga, o'zbek adabiyoti namunalarini xorijiy tillarga tarjima qilish;
Klub xorijdagi adabiy tarjima maktablari va uyushmalar bilan do'stona aloqalarni yo'lga qo'yishga urinmoqda. O'tgan ikki yil ichida klub a'zolari Amerika Qo'shma Shtatlari, Germaniya, Hindiston, Turkiya va Angliyada bo'lib o'tgan butunjahon shoir va yozuvchilar, adabiy tarjimonlar dasturlarida ishtirok etib, tajriba almashib qaytishdi. Buning natijasida hozirda 30 dan ortiq mamlakatdagi ijodkorlar bilan hamkorlik yo'lga qo'yildi. Taniqli ijodkorlar klubning doimiy mehmonlari sanaladi. Klub hamma uchun ochiq, o'zbek adabiyotini dunyoga tanitish, jahon adabiyotini xalqimizga yetkazish ishiga bel bog'lagan fidoyi yoshlarni bu davrada ko'rishdan juda-juda mamnun bo'lur edik.
|